Gʻazo sektori boʻyicha Yevropa Ittifoqida umumiy pozitsiya yoʻq — Jozep Borrel

16:28 14 Dekabr 2023 Dunyo
570 0

Foto: AP

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Jozep Borrel Gʻazo sektorida zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish masalasida Yevropa Ittifoqi davlatlari oʻrtasida haligacha birlik yoʻqligini aytdi. Gap shundaki, Yevropa Ittifoqining ayrim vakillari BMTda bunday qarorga qarshi ovoz berdi.

“Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammiti qarori qanday boʻlishini bilmayman, lekin, bilasizki, BMTda Yevropa Ittifoqi davlatlari turli yondashuvlar uchun ovoz berishdi. Men yagona pozitsiyani bildirishim kerak, lekin umumiy pozitsiya yoʻq”, dedi Borrel Bryusseldagi Yevropa sammiti chogʻida jurnalistlarga.

Uning eʼtirof etishicha, dunyoda tobora koʻproq davlatlar oʻt ochishni toʻxtatishni talab qilmoqda.

“Gʻazodagi vaziyat garovga olinganlarni ozod qilish va gumanitar falokatning oldini olish va siyosiy yechimni qanday topish haqida oʻylashni boshlaydigan sulhni talab qiladi”, — dedi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari.

Oldinroq, Jozep Borrel Barselonada tashkil etilgan Oʻrta Yer dengizi ittifoq forumi yigʻilishi yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan matbuot anjumanida Falastin — Isroil mojaro hududidagi vaziyat haqida gapirar ekan, u yerda ertaga oʻldirilishi mumkin boʻlganlarga gumanitar yordam koʻrsatishni maʼnosiz, deb bilishini aytgandi.

“Biz tinch aholining azob-uqubatlarini yengillashtirishimiz kerak. Buning uchun esa insonparvarlik yordami hajmini oshirish kerak. Lekin ertasi kuni oʻldiriladigan odamga ovqat berishning maʼnosi yoʻq”, degandi u.

Borrelning qoʻshimcha qilishicha, yangi qurbonlarga yoʻl qoʻymaslik uchun oʻqqa tutishni toʻxtatish kerak. Uning qoʻshimcha qilishicha, insonparvarlik yordami zarur, ammo bu yetarli emas. Shu oʻrinda Yevropa diplomatiyasi rahbari tomonlar oʻrtasida uzoq muddatli sulh bitimini tuzishni ustuvor vazifa, deb bilishini bildirgandi.

Bungacha Borrel Falastin davlatining tashkil etilishi va uning Gʻazo sektori ustidan nazorati Isroil uchun xavfsizlikning eng yaxshi kafolati ekanini aytgandi.

Uning fikricha, Gʻazo butun mintaqani beqarorlashtirishi mumkin boʻlgan nazoratsiz qurolli guruhlar qoʻliga oʻtib ketishining oldini olish uchun bu hudud oʻz xalqi vakili boʻlgan davlat tomonidan boshqarilishi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер