Gazeta, jurnal — doimiy hamrohimiz

Jamoamiz bilan 2019 yilga “Xalq soʻzi“, “Namangan haqiqati“, “Davr“ kabi oʻzimiz xohlagan gazetalarga obuna boʻldik. Bu borada bizga hech qanday topshiriq yoki majburiyat yuklanishi shart emas. Axir, gazeta, jurnalsiz faoliyatimizni qanday tasavvur etish mumkin, ular maʼnaviyat-maʼrifat oynasi-ku.
Ayrimlardan bu yilgi obuna majburiy emas, demak, istamasak yozilmasak boʻlaverar ekan, degan fikrlarni eshitib qolganda, shu narsalarni tushuntirib qoʻygim keladi: bizni ziyoli qilgan, shunday saodatli kunlarga yetaklagan, oqni-qoradan ajratishni undagan matbuot nashrlari emasmi? Qaysi xonadonda mutolaaga koʻp eʼtibor berilsa, oʻsha uyda ahillik totuvlik bor. Farzandlari oʻqimishli, dono, elga yoqadigan boʻlib yetishadilar. Bu hayot haqiqatidir.
Hakimaxon Xoʻjayeva,
Ixtisoslashtirilgan 2-maktabgacha davlat muassasasi mudirasi.
“Davr“ gazetasining 2018 yil, 19 oktyabr sonidan olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring