O‘zbekistonda eng ko‘p o‘qilayotgan 5 ta gazeta

15:17 09 Iyul 2018 Jamiyat
36966 0
Фото: Ҳасан Пайдоев / "Халқ сўзи"

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p so‘ralayotgan gazetalar reytingini e’lon qildi. Unda “Xalq so‘zi” (“Narodnoye slovo”) gazetasi birinchi o‘rindan joy oldi.

“Jami vaqtli matbuot nashrlariga buyurtmalar (gazeta va jurnallarga) 613045 nusxani tashkil etdi. Shundan 392450 tasi gazetalar hisobiga to‘g‘ri keldi. Undan eng ko‘p so‘ralgan 5 nomdagi gazetalar (251168 ta) umumiy buyurtma qilingan gazetalarning qariyb 64 foizini tashkil etdi”, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, “Xalq so‘zi” (“Narodnoye slovo”)dan tashqari “O‘zbekiston ovozi”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Hurriyat” va “Ishonch” gazetalariga buyurtmalar soni ko‘pligi kuzatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер