Ganga daryosi sohilidan yuzlab qabrlar topildi. Ular koronavirus qurbonlariga tegishli ekani aytilmoqda

15:16 17 May 2021 Dunyo
1415 0

Foto: Reuters

Hindistonda mahalliy aholi uchun muqaddas hisoblangan Ganga daryosi sohilida koʻmilgan yuzlab jasadlarni topildi.

Bu haqda "Associated Press" axborot agentligi xabar bermoqda.

Rasmiylarga koʻra, shanba kuni Uttar-Pradesh shtati Prayagraj shahrida Ganga sohilida koʻmilgan 300 ta jasad topildi. Marhumlar koronavirus qurbonlari boʻlishi mumkin.

Politsiya xodimi Kumar Singxning soʻzlariga koʻra, rasmiylar ushbu hududni "COVID-19» qurbonlari kuydiriladigan joy sifatida belgilagan, lekin jasadlar daryo boʻyiga koʻmilishi taqiqlagan.

Shtat rasmiy vakili Navnit Segal esa dafn etilganlarning "COVID-19»ga hech qanday aloqasi yoʻqligini taʼkidlagan.

10-may kuni Gang daryosidan oʻnlab odamlarning jasadi topilgandi va ular ham ehtimol koronavirus qurbonlari ekanligi aytilgandi. Xususan, mamlakat sharqidagi Bihar shtatida daryodan kamida 30 ta murda olib chiqilgan. Baʼzi mahalliy aholi vakillari esa 100-150 atrofida jasad koʻrganini aytgan. 

Taxminlarga koʻra, dafn marosimlari qimmatligi bois odamlar jasadlarni daryoga tashlagan. Keyinchalik, Hindiston hukumati jasadlarni Gangaga tashlashni darhol toʻxtatishni talab qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер