GALLUP 2022 Jahon soʻrovida Oʻzbekiston mintaqada eng yaxshi natijani qayd etdi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi “GALLUP” tadqiqot va konsalting tashkiloti tomonidan Yevroosiyo mintaqasida jamoatchilik fikrini oʻrganish asosida tayyorlangan yillik Jahon soʻrovnoma boʻyicha hisobotini tahlil qildi.
Tahlil natijalariga koʻra, soʻrovnomada qatnashgan oʻzbekistonliklar kelgusi 5-yildagi farovonligini 8,7 ball deb baholab, mintaqada eng yuqori koʻrsatkichni qayd etgan. Bu boʻyicha mintaqaviy koʻrsatkich 7,4 ballni tashkil etgan.
Maʼlum qilinishicha, oʻzbekistonliklar orasida hayotida qiyinchilikka duch kelayotganlar atigi 2 foizni tashkil qilar ekan. Mintaqaning boshqa mamlakatlarida esa oʻrtacha 8 foiz aholi qiyinchilikka uchrar ekan.
Shuningdek, soʻrovnomada qatnashgan oʻzbekistonliklarning 80 foizi, mintaqa boʻyicha 60 foizi moliyaviy holatidan qoniqadi.
Oʻzbekistonliklarning 92 foizi mamlakat hukumatiga ishonishlarini bildirishgan, mintaqadagi mamlakatlarning oʻrtacha koʻrsatkichi esa bu borada 68 foiz boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring