Gʻallaorolning olis mahallasidagi yangi imkoniyatlar
Jiydali Gʻallaorol tumanining eng olis mahallalaridan biri. Bu yerning havosi musaffo, odamlari toʻgʻrisoʻz hamda juda mehnatkash. Ammo shu paytgacha chekka mahalla yoshlari uchun sifatli qoʻshimcha taʼlim olish, xorijiy tillarni oʻrganish biroz mushkul edi. Sababi – tuman markaziga yoinki viloyat markaziga borib kelishga soatlab vaqt, anchagina yoʻl kira sarflanardi.

-Ushbu maskan olis qishloq va ovullardagi yoshlarning tashabbuslarini tizimli qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Koʻmak” dasturi doirasida faoliyatini boshladi. Asosiy diqqat markazimizda – yigit-qizlarni tadbirkorlikka yoʻnaltirish va ularni bugungi mehnat bozori talab qilayotgan zamonaviy kasblarga tayyorlashdir, — deydi Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshligʻi Murodbek Rahmonberdiyev. – Bizning bosh maqsadimiz aniq: qishloq bolasi imkoniyat borasida shaharlik tengdoshidan aslo kam boʻlmasligi kerak. Ilm va innovatsiyani qishloqni ichiga olib kirsak, qishloq oʻz-oʻzidan yuksaladi va rivojlanish yoʻliga tushib oladi.

Koʻrkam bino, oʻquv markazida yaratilgan shart-sharoitlar va zamonaviy jihozlashdan mahalla aholisi ham ota-onalar ham juda mamnun. Markaz mahallada ijtimoiy faollikni oshirishda muhim oʻrin tutadi, albatta.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring