“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga kirish vaqtincha toʻxtatiladi

13:44 06 Aprel 2022 Jamiyat
921 0

Foto: Arxiv surat

Bu haqda Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi maʼmuriyati maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilyapti.

Shu munosabat bilan joriy yilning 6-aprelidan 30-aprel kuniga qadar tashrif buyuruvchilar uchun kirish vaqtinchalik toʻxtatildi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер