“G20” sammitiga barcha aʼzo davlatlar rahbarlari, jumladan, Vladimir Putin ham taklif qilindi — Indoneziya moliya vaziri

00:02 22 Aprel 2022 Dunyo
1391 0

Illyustrativ foto

“G20” guruhiga kiruvchi barcha davlatlar rahbarlari, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham “G20” sammitiga taklif etilgan. Bu haqda payshanba kuni “G20”ga bu yil raislik qilayotgan Indoneziya moliya vaziri Shri Mulyani Indravati maʼlum qildi.

Shri Mulyani Indravati Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Jahon banki boshqaruv organlarining bahorgi sessiyasida jahon iqtisodiyotini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan seminarida shu haqda aytib oʻtdi. 

Tadbir boshlovchisi Vladimir Putinning joriy yil kuzida Bali orolida boʻlib oʻtadigan “G20” yetakchilari yigʻilishida kelish-kelmasligini soʻradi. 

“Biz taklif qildik”, deb javob berdi vazir taklifnomalar oldindan yuborilishini taʼkidlab. “Katta yigirmatalikka kiruvchi barcha davlatlar allaqachon taklifnomalarini olgan”, dedi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер