FVV qutqaruvchilar bilan telefon orqali prank uyushtirmaslikka chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda yosh vayner qutqaruv xizmatining “101” qisqa raqamiga telefon qilib, prank uyushtirgan va soʻnggida qutqaruvchilarga minnatdorchilik bildirgan videoxabar tarqaldi.
FVV axborot xizmati taʼkidlashicha, bunday prank qutqaruv xizmati faoliyatiga nisbatan behurmatlik hisoblanib, madaniyatsizlik va tarbiyasizlik koʻrinishidir.
Ushbu prankni uyushtirgan vayner telefon tarmogʻini band qilib, dispetcherlik xizmati operatorining bir daqiqaga yaqin vaqtini olgan. Bu vaqtda esa kimgadir yordam zarur boʻlganini inobatga olish zarur edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring