FVV “Qamchiq” dovonidagi noqulay ob-havo sharoiti boʻyicha haydovchilarni ogohlantirdi

15:36 14 Dekabr 2019 Jamiyat
3828 0

14-dekabr kuni “Qamchiq“ dovoni hududida kuchli qor yogʻishi kutilmoqda deb xabar berdi FVV matbuot xizmati “Oʻzgidromet“ga asoslanib.

Qayd etilishicha, A-373 “Toshkent—Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” davoni hududida kuchli qor yogʻishi, yoʻlning muzlashi, tuman tushishi, koʻrish masofasi 50 metrgacha yomonlashishi, shuningdek, shamolning tezligi 15—20 m/s gacha kuchayishi kutilyapti.

Yuqoridagi omillarni inobatga olgan holda yoʻl transport hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida dovon hududida harakatlanishdan oldin quyidagi mutaxassis tavsiyalariga eʼtibor qaratish soʻraladi:

-avtomobillarning texnik holatini toʻliq koʻzdan kechirish;

-dovon orqali yetarli darajada yoqilgʻi-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish;

-avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish;

-haydovchilarimizning “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirishlari va yoʻllarda toʻxtab dam olishlari;

-viloyatlararo yuk tashish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar oʻtkazilishi.

“Qamchiq” dovoni boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olish mumkin: (95) 146-87-08, (70) 662-72-49, (71) 212-70-07, (99) 837-29-38” - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер