FVV kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari boʻyicha muhim tavsiyalar berdi
Kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari:
— yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
— elektr va gaz vositalarini oʻchirish;
— koʻchalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
— koʻp qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qoʻyish yoki mustahkamligini tekshirish;
— shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti oʻtish yoʻllari va boshqa yashirinish mumkin boʻlgan joylarda muhofazalanish;
— ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
— buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
— kuchli shamoldan soʻng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.
Shu oʻrinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring