Furqatda maktablar taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi

16:22 05 May 2025 Jamiyat
312 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyatining olis Furqat tumanida 38 ta umumtaʼlim maktabi faoliyat koʻrsatadi. Tumanda yangi avlod vakillariga qulay sharoit yaratish maqsadida soʻnggi yillarda 10 dan ortiq maktablar zamonaviy mezonlar asosida taʼmirdan chiqarildi.

Joriy yilda “Kaldushon” mahallasida joylashgan 21-umumtaʼlim maktabini taʼmirlashga ham davlatimiz tomonidan 6 mlrd 644 mln soʻm mablagʻ ajratildi. Maktabning 1989-yilda qurilgan mavjud binosi 840 oʻringa moʻljallangan boʻlib, qariyb 950 nafar oʻquvchi tahsil olardi. Investitsiya dasturi asosida tumandagi 32-umumtaʼlim maktabi ham mukammal taʼmirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.

Loyiha qiymati 4,4 mlrd soʻmni tashkil etib, endilikda maktabda bir navbatda oʻqish imkoni mavjud. Oʻz navbatida, darsdan soʻng toʻgaraklar, qoʻshimcha dars mashgʻulotlari olib borish uchun barcha imkoniyatlar muhayyo.

— Investitsiya loyihalarini tayyorlashda yangicha mezonlar asosida yondashib, taʼlim-tarbiya, jismonan va maʼnan yetuklik jarayonini oʻzaro uygʻunlashtirishga harakat qilinmoqda, — deydi Furqat tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Muhammadjon Ortiqov. — Mazkur bilim dargohlarida oʻquvchilarning sogʻlom ovqatlanishi uchun yangi oshxona, kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish markazi tashkil etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер