Furqat tumanida bolalarning MTTga qamrovi 96 foizdan oshdi

14:49 13 Fevral 2023 Jamiyat
896 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona viloyati Furqat tumanidagi “Navbahor” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 1-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mukammal taʼmirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi. Shu tariqa 75 oʻrinli bogʻcha qamrovi 120 oʻringa yetkazildi va bu yerda zamon talablari asosida taʼlim-tarbiya berish maqsadida zarur qulayliklarni yaratish uchun 4,2 mlrd. soʻm mablagʻ sarflandi. Tarbiyalanuvchilar uchun ingliz va rus tili, shaxmat-shashka, raqs toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Ayni paytda mahallada 4 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat koʻrsatmoqda va bogʻcha yoshidagi bolalarning MTTga qamrov darajasi 99,5 foizni tashkil etmoqda.

Furqat tumani hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, 2022-yil yakuni bilan tumanda maktabgacha taʼlimga qamrov koʻrsatkichi 96,1 foizga yetdi. 2023-yil davomida tumanda “Obod qishloq” dasturi hamda davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida yana ikkita yangi bogʻchani foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер