Furqat Sidikov AQSHning mamlakatimizdagi elchisi Jonatan Xenikni qabul qildi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2023-yil 18-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Furqat Sidikov Amerika Qoʻshma Shtatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Devid Xenikni qabul qildi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan sohalarda koʻp qirrali Oʻzbekiston-Amerika strategik sherikligining ayrim masalalari muhokama qilindi.
Iqtisodiy diplomatiyani “B2G” shaklida jadallashtirish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Turli darajadagi rejalashtirilgan tadbirlar va tashriflar jadvali, ularning tashkiliy va mazmuniy jihatlari koʻrib chiqildi.
Elchi Amerika tomonining Oʻzbekistonga islohotlar dasturini amalga oshirishda, shu jumladan USAID doirasida yordam berishga tayyorligini maʼlum qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring