Fuqarolarning tegishli asoslarsiz jarima bilan “siylanishi”ga qachon nuqta qoʻyiladi?

17:44 16 May 2023 Siyosat
675 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Maʼmuriy jarimalarni ijro etish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi ham muhokamalar markazida boʻldi.

Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur qonun loyihasida Majburiy ijro byurosi tomonidan qoʻllaniladigan maʼmuriy jarimaning miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori boʻlishi mumkin emasligi, Majburiy ijro byurosi nomidan maʼmuriy jazo qoʻllashga vakolatli boʻlgan mansabdor shaxslar doirasi aniq belgilanmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlashga, jarimalarni toʻlashda fuqarolarga yengilliklar berilishiga, Majburiy ijro byurosi tizimida nazorat kuchaytirilishiga va suiisteʼmolchiliklarning oldi olinishiga xizmat qiladi.

Majlisda deputatlar tomonidan koʻtarilgan savollar hamda takliflar yuzasidan tashabbuskorlar tomonidan atroflicha javoblar olinib, qonun loyihasi qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер