Fransuzlar Gʻijduvonda quyosh va shamol elektr stansiyalarini barpo etadi

14:31 24 Fevral 2026 Jamiyat
398 0

Fransiyaning “Voltalia” kompaniyasi Gʻijduvon tumanida gibrid turdagi elektr stansiyasini qurish niyatida. Birining qiymati 400 million, ikkinchisiniki esa 650 million AQSH dollari deya baholangan bu “yashil” loyiha amalga oshsa 2 million nafardan ziyod aholining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoji qondiriladi.

Tomonlarning kelishuviga koʻra, dastlab quyosh energiyasi stansiyasi va saqlash ombori qurilishiga kirishiladi. Shamol stansiyasini barpo etishga esa 2027-yilning uchinchi choragida kirishiladi.Oʻzbekiston – Fransiya oʻrtasidagi serqirra hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi bu ikki inshoot ekologiyaga ziyon yetkazmasligi, innovatsion yechimga ega qayta tiklanadigan energiya loyihasi ekani bilan ham eʼtiborga molik. Yaqinda “Voltalia” kompaniyasi masʼullari Buxoro viloyati mutasaddilari bilan uchrashuvda uzoq muddatli kelishuv doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikrlashib oldilar.

Bevosita kompaniyaga toʻxtaladigan boʻlsak, maʼlumotlarga qaraganda, “Voltalia” ga 2005-yilda asos solingan boʻlib, hozirda u dunyoning 20 ta davlatida yirik loyihalarni amalga oshirmoqda. U Oʻzbekistonda ham oʻzining gibrid klasteridan elektr energiyasi sotish boʻyicha 25-yilga moʻljallangan shartnoma tuzgan.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер