Fransiyaning kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimi oʻrganilmoqda
Kecha Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi delegatsiyasi vakillari Yevropada prognozlash va xavfsizlik instituti eksperti Jan-Antuan Dyupra bilan uchrashdi.
Muloqotda davlat xizmati tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish jarayonlari, maʼmuriy islohotlarning oʻziga xos jihatlari yuzasidan Fransiya tajribasi oʻrganildi.
Shuningdek, Oʻzbekistonda davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishda Fransiyalik ekspertlar bilan hamkorlik, davlat xizmatchilarining mamlakatda tajriba orttirishi masalalari muhokama qilindi.
Eslatib oʻtamiz, delegatsiyamiz vakillari xizmat safari davomida Fransiya Respublikasida davlat xizmati transformatsiyasi, markaziy va mahalliy boshqaruv, siyosiy elita hamda davlat xizmatchilarini tayyorlash boʻyicha maktablar faoliyatini oʻrganishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring