Fransiyadagi prezidentlik saylovlarida Emmanuel Makron gʻalaba qozondi
Foto: peopletalk.ru
Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida gʻalaba qozondi.
Saylov byulletenlarining 90 foizini qayta koʻrilgandan soʻng Makron 56,54 foiz, uning raqibi, oʻta oʻngchi nomzod Marin Le Pen 43,46 foiz ovoz oldi.
Saylov uchastkalari yopilgach, darhol fransuz OAVlari saylov uchastkalarining dastlabki natijalari va bir nechta kompaniyalarning ekzit-poll maʼlumotlari kombinatsiyasiga asoslanib, Makron 57,6 foiz ovoz toʻplagani haqida xabar tarqatdi.
Makron Eyfel minorasi etagidagi Champ de Marsda tarafdorlari oldida qilgan chiqishida fransuzlarga minnatdorchilik bildirdi va ularni qiyin davr kutayotganini aytdi.
“Bizni kutayotgan yillar, albatta, xotirjamlik bilan oʻtmaydi. Lekin ular tarixda qoladi”, — degan u.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring