Fransiyadagi yirik don omborlaridan birida yongʻin sodir boʻldi

19:33 10 Avgust 2023 Dunyo
1516 0

Foto: Police municipale et sécurité

Fransiya janubi-gʻarbidagi La-Roshel kommunasi portida joylashgan “SICA Atlantique“ don saqlash kompaniyasida katta yongʻin sodir boʻldi. Yongʻin sodir boʻlgan uchta elevatorda bir necha ming tonna bugʻdoy boʻlgan.

“Tilsiz yov”ni bartaraf etishga dastlab 96 nafar oʻt oʻchiruvchi jalb qilingan. Keyinchalik yana qoʻshimcha kuch jalb etilgan. Prefektura bosh kotibi yongʻinni oʻchirishga jalb qilingan barcha xizmatlarning harakatlarini muvofiqlashtirish uchun idoraviy operatsion markaz ochgan.

Qurbonlar va jarohat olganlar haqida maʼlumot yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер