Fransiyadagi Avliyo Pyotr va Pavl cherkovi butunlay yonib ketdi
Fransiyaning Nant shahridagi Avliyo Pyotr va Pavl cherkovida yongʻin kelib chiqdi va XVII asrga taalluqli katta organi toʻliq yonib ketdi.
“Katta cherkov butunlay yonib ketganligini tasdiqlay olaman, endi u yoʻq”, dedi Atlantika Luari yongʻin va qutqaruv boʻlimi boshligʻi Loran Ferle.
Yongʻin 10 soat davom etgan boʻlib, oʻt oʻchiruvchilar kun boʻyi yongʻinni oʻchirishga urinishdi va jarayon toʻliq yakunlangan deb hisoblanmaydi.
Nant shahri prokurori hodisa yuzasidan jinoiy ish ochdi. Prokuror yongʻin qasddan amalga oshirilgan boʻlishi mumkinligini aytdi.
Fransiya prezidenti esa «Tvitter»dagi sahifasida oʻt oʻchiruvchilarga yongʻinni oʻchirishda koʻrsatgan xizmati uchun minnatdorchilik bildirdi.
Nantdagi Avliyo Pyotr va Pavl cherkovi (XV-XVI asrlar) Fransiyadagi gotika uslubida qurilgan eng yirik cherkovlardan biri. Bu Parijdagi Notr-Damga qaraganda olti metr pastroqdir. Cherkovdagi soʻnggi yongʻin 1972-yilda kelib chiqqan. 2008-yil sentyabriga kelib, tiklash ishlari olib borilgandan soʻng, gʻarbiy fasadning oʻrta asr koʻrinishi tiklangandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring