Fransiyada maktablar yana ochildi

11:52 15 May 2020 Dunyo
1057 0

Fransiyada karantin sababli 16-martdan buyon yopilgan maktablar yana ochildi. Bu haqda Yevronyus xabar berdi.

Birinchi boʻlib sinflarga boshlangʻich sinf oʻquvchilari qaytishdi. Taʼlim dargohlarida sanitariya xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilgan.

Farzandlarini maktablarga yuborish-yubormaslik ota-onalar ixtiyorida qoldirilgan. Ularning koʻpchiligi esa hozircha kutib turishni afzal deb bilishyapti.

Maktabga kelgan oʻquvchilarga esa maxsus mashgʻulotlar ham oʻtilyapti. Shu orqali ularga darslar paytida ijtimoiy masofani saqlash va tanaffuslarda qoʻllarni yuvish kerakligi oʻrgatilmoqda. Har bir sinfxonada esa oʻquvchilar soni 10 tadan oshmasligi kerak.

Oʻrta sinf oʻquvchilari esa kamida bir haftadan keyin darslarga qaytishlari mumkin.

Fransiyada 15-mayda koronavirusni yuqtirganlar soni 178 ming nafarni tashkil etmoqda, ularning 27 ming nafardan ziyodi vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер