Fransiyada ham koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

16:40 05 Yanvar 2022 Dunyo
1108 0

Illyustrativ foto

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) 2021-yil noyabr oyidan beri “COVID-19” yangi B.1.640.2 shtammini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda JSST eksperti Abdi Mahmud maʼlum qildi.

“Bizda uch turdagi shtamm bor: kuzatilishi mumkin boʻlgan, qiziqish va tashvish uygʻotuvchi. Shunday qilib, biz noyabr oyidan beri B.1.640.2 va uning ikkita kichik variantini diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz”, deydi Abdi Mahmud.

Ekspertning soʻzlariga koʻra, tashkilot ushbu shtammning rivojlanishini, shu jumladan uning Yevropaning boshqa mamlakatlarida tarqalishi ehtimolini kuzatishda davom etadi.

Avvalroq Fransiya janubida koronavirusning yangi shtammi aniqlangani maʼlum boʻlgan edi. Qayd etilishicha, Kamerundan mamlakatga qaytgan odamlarda yangi variant aniqlangan. Mutaxassislar virusning ushbu variantining qoʻzgʻatuvchisi Afrika mamlakatida keng tarqalganligini istisno qilmaydi. Yangi shtamm B.1.640.2 deb nomlandi.

Oʻtgan yilning noyabr oyida Janubiy Afrika Respublikasida ham koronavirusning yangi shtammi aniqlangan edi. JSST ushbu mutatsiyani «Omikron», deya nomladi. Ayni paytda kelib bilan ushbu shtamm bilan zararlanish holatlari dunyoning 90 dan ortiq mamlakatida qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер