Fransiya 15-dekabrdan yana komendantlik soatiga qaytmoqda

22:14 11 Dekabr 2020 Dunyo
788 0

Fotо: Getty Images

15-dekabrdan boshlab Fransiya koronavirusga qarshi kurashish uchun komendantlik soati joriy qilmoqda, Unga koʻra, kechki 20:00dan ertalab soat 6:00 gacha boʻlgan vaqtda koʻchalarda harakatlanish taqiqlanadi. 

Bu haqda Fransiya Bosh vaziri Jan Kasteks maʼlum qildi. 

“Biz komendantlik soatini 15-dekabrdan yana tiklaymiz. U 21:00 da emas, 20:00 da boshlanadi. Qatʼiy nazorat qilinadi. Har qanday istisnolar oʻrin yoʻq”, deydi Kasteks. 

Uning aniqlik kiritishicha, Yangi yil bayrami bilan uyushtiriladigan tadbirlarda ham komendantlik soatiga amal qilish majburiydir.

“Bundan koʻzlangan maqsad kunlik yangi holatlarni besh mingdan oshirmaslikka erishishdir” deya izoh bergan hukumat rahbari. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер