Fraksiyada muhim masalalar koʻrib chiqildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga daxldor boʻlgan bir qator qonun loyihalari hamda parlament nazorat-tahlil tadbirlariga oid masalalar koʻrib chiqildi.
Dastlab, Oʻzbekiston Ekologik partiya fraksiyasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi tashabbusi asosida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. Abduhakimovning “Toshkent shahrining atmosfera havosi ifloslanishining olidini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati toʻgʻrisida”gi axborotini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida eshitish masalalasi muhokama etildi.
Qayd etilganidek, keyingi vaqtlarda jamoatchilik orasida Toshkent shahrining ekologik holati keng muhokamalar obyekti sifatida namoyon boʻlmoqda. Aholi oʻrtasida ularning salomatligi va hayotiga koʻrsatayotganligi taʼkidlanayotgan ushbu ekologik muammoning sababi va yechimlari yuzasidan turli munosabatlar bildirilmoqda.
Yigʻilishda fraksiya aʼzolari tomonidan poytaxt atmosfera havosining ifloslanishi ham antropogen, ham tabiiy ifloslanish sababli roʻy berayotganligi alohida taʼkidlandi.
Qizgʻin munozaralar yakunida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining axborotini eshitish haqidagi tashabbus deputatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring