FQB Trampga suiqasd uchun «qasos» olinishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

11:55 16 Iyul 2024 Dunyo
508 0

Foto: AP

AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) va Ichki xavfsizlik departamenti sobiq prezident va prezidentlikka nomzod Donald Trampga uyushtirilgan suiqasd «qasos» olish harakatlari ehtimolidan xavotirda. Bu haqda «Politico» nashri xizmatlar tarqatgan hujjatga tayanib yozmoqda.

Nashrga koʻra, materialda potensial xavf ostida boʻlgan aniq shaxslar koʻrsatilmagan, ammo «saylov bilan bogʻliq maqsadlar» birinchi navbatda tahdid ostida ekanligi qayd etilgan. Hujjatda, shuningdek, ekstremistlar oʻtmishda siyosiy yoki mafkuraviy raqiblariga qarshi hujumlar uyushtirgani yoki rejalagani qayd etilgan.

Avval xabar berganimizdek, yakshanba kuni AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirildi. Hodisa u Pensilvaniyada oʻz tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida yuz berdi. Tramp qulogʻidan yaralandi va xavfsizlik xizmati xodimlari qurshovida voqea joyini tark etdi. Maxfiy xizmat oʻq uzgan odamni oʻldirgan. Hodisa oqibatida saylovoldi miting ishtirokchilaridan biri halok boʻlgan, yana ikki nafari ogʻir yaralangan. Trampni oʻldirmoqchi boʻlgan shaxs Pensilvaniya shtatida yashagan 20 yoshli Tomas Metyu Kruks boʻlib chiqdi.

Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Larri Jonson Trampga suiqasd uyushtirilishida Maxfiy xizmatni aybladi. Uning aytishicha, maxfiy xizmat respublikachi nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirish uchun javobgardir, chunki ular xavfsizlikni nazorat qilish boʻyicha tegishli ishlarni bajara olmagan. Xizmat nafaqat tadbir oʻtkaziladigan joyni, balki butun perimetrni toʻliq tekshirishi kerak edi.

«Bunday vaziyatlarda siz barcha yoʻnalishlardan kamida 500 yard (taxminan 457 metr) masofada potensial oʻq uzishi mumkin boʻlgan odamlarni koʻrishingiz kerak edi», deydi u sodir boʻlgan uyning tomida agent boʻlishi kerakligini qoʻshimcha qilib.

Shu oʻrinda Jonson Maxfiy xizmatni qobiliyatsiz yoki suiqasdni rejalashtirishda ishtirok etgan, degan xulosaga keldi.

Manbalarga koʻra, oʻq uzgan shaxs va Tramp oʻrtasida masofa taxminan 130 metr boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер