Forishda IT-markaz ish boshladi
Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot uchun yosh kadrlarni yetkazib berish, yoshlar oʻrtasida kompyuter savodxonligini oshirish, elektron tijorat, dasturlash asoslari, internet tarmogʻidan samarali foydalanish va uni tadbirkorlik sohasiga tatbiq etish maqsadida Jizzax viloyatining asosiy qismi togʻlardan iborat boʻlgan Forish tumanida IT markaz oʻz faoliyatini boshladi.
— Ushbu yangi markaz togʻli tuman yoshlari uchun juda qoʻl keladi, chunki bu yerda ularga yurtingizning poytaxti va markaziy hududlaridan aslo kam boʻlmagan sharoitlar yaratilgan, — deydi ochilish marosimida soʻz olgan Hindistonlik mutaxassis, IT Park Jizzax filiali maslahatchisi Jarayam Partasarti. – Oʻylaymanki Forishda ham yangi-yangi startaplar, «nou-xau»lar, tuman, viloyat, Oʻzbekiston iqtisodi va ravnaqi uchun zarur boʻladigan dasturiy mahsulotlar yaratiladi. Bugungi yoshlar shijoatidan shuni koʻrish mumkin.
Tolibjon ERGASHEV,
(“Xalq soʻzi”).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring