Firma yoki korxona bankrot yoki bankrot emasligini onlayn tekshirsa boʻladi

14:30 15 Yanvar 2024 Jamiyat
523 0

Jismoniy shaxslar turli holatlarda firma va korxonalar bilan shartnomalar imzolashlariga toʻgri keladi.

Kimdir yangi uy olganida, yana biri avtomobil ijarasida, boshqasi esa xorijga ishga ketish niyatida tadbirkorlik sub'yektlariga maʼlum miqdorda pul ham oʻtkazib berishadi.

Shu kabi vaziyatlarda shartnoma imzolash, turli toʻlovlarni amalga oshirishga shoshilmaslikni, my.gov.uz portalidagi tegishli xizmat yordamida barchasini tekshirib ko‘rishni tavsiya etamiz.

Portaldagi xizmat orqali korxona va firmaning STIR raqamini kiritib, uning haqiqatda toʻlovga qobiliyatli ekanligi, bankrot holatida emasligi, haqiqiy egasi va telefon raqami mavjudligini tekshirib olish sizga sira zarar qilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер