Toshkentda o‘zganing 82 ming dollarini o‘zlashtirgan firibgar ayol qo‘lga olindi
Toshkentda bir ayoldan 82 ming dollar pul olib o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan ayol ushlandi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 9 iyul kuni tuman IIBga G.X. ismli ayol murojaat qilgan. Murojaatga ko‘ra, 2016 yil oxiri 2017 yil boshlarida Uchtepa tumanida yashovchi D.X. ismli ayol unga chet eldan parfyumeriya mahsulotlarini olib kelib berishni va’da qilib 82 ming dollar pulini olgan. Ammo u va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida D.X. ushlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring