Finlyandiyaning YXHTdagi doimiy vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Gʻayrat Fozilov Finlyandiyaning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi (YXHT) Doimiy vakili Vesa Hakkinen bilan uchrashdi.
Muzokaralar chogʻida ikki davlatning YXHT doirasidagi oʻzaro hamkorligi, shuningdek, tashkilot faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tomonlarning qarashlari yuzasidan fikr almashildi.
TIV rahbari oʻrinbosari Finlyandiya vakillariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar hamda Oʻzbekiston tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlari haqida maʻlumot berdi.
YXHT doirasida “yashil iqtisodiyot” va “yashil energiya”, iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish yoʻnalishlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekani qayd etildi.
Muloqot mobaynida mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi ayrim masalalar ham muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring