Finlyandiyada qancha o’zbekistonlik yashaydi?

14:28 09 Aprel 2018 Jamiyat
1514 0

2017 yil 31 dekabr holatiga ko’ra Finlyandiyada 500dan ziyod O’zbekiston fuqarosi yashayotgani ma’lum bo’ldi. 

Bu haqda ushbu mamlakat statistika idorasi vakili Yoni Rantakari ma’lum qilgan.

Ayni chog’da Finlyandiyada Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari fuqarolari ham bor ekan. Xususan, 369 nafar qozoq, 19 nafar tojik va Turkmanistondan borgan 21 kishi Skandinaviyaning mazkur mamlakatida istiqomat qiladi.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yilda Sauli Niynistyoni Finlyandiya Prezidentligiga qayta saylangani bilan tabriklab, mamlakatlar o’zaro amaliy hamkorlik, turli sohalarda aniq dasturlar va loyihalarni birgalikda ilgari surish uchun keng imkoniyatlar hamda salohiyatga ega ekanligini qayd etib o’tgandi.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер