Finlyandiyada koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

17:04 18 Fevral 2021 Dunyo
1044 0

Finlyandiyada Fin-796H deb nomlangan koronavirus shtammi aniqlandi. Bu haqda mahalliy “Yle” telekompaniyasi xabar bermoqda.

Shifokorlarning fikriga koʻra, infeksiyaning yangi turida virusning «britan» va «Janubiy Afrika» shtammi mutatsiyalari mavjud.

Mutatsiya Finlyandiya tashqarisida rivojlangan boʻlishi ham mumkin. “Ushbu shtamm faqat bir bemorda qayd etilgan, shuning uchun uning yuqumliligi va tarqalish ehtimoli hamda vaksinalarga chidamliligi haqida hech narsa maʼlum emas”, deydi Vita Laboratoriot dotsenti Taru Meri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер