Finlyandiya parlamenti delegatsiyasi – Orolboʻyida

13:31 03 Dekabr 2022 Jamiyat
572 0

Foto: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev “Finlyandiya – Oʻrta Osiyo” parlamentlararo doʻstlik guruhi rahbari K. Kilyunen boshchiligidagi Finlyandiya parlamenti delegatsiyasini qabul qildi.

Qabul davomida Orol dengizi qurishidan yuzaga kelgan ekologik inqiroz oqibatlarini yumshatish, Orolboʻyi hududidagi aholining salomatligini mustahkamlash, va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berildi.

Taʼkidlanganidek, Orol fojiasi davrimizning eng katta global ekologik inqirozlaridan biri boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 72–sessiyasidagi nutqida dunyo hamjamiyatini yana bir bor Orol inqiroziga qaratgani bejiz emas.

BMT shafeligida tashkil etilgan Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik asosidagi Trast fondi mahalliy aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, hududdagi ekologik inqiroz oqibatlarini yumshatish borasida tashkil qilingan boʻlib, fond mablagʻlari hisobidan qator ishlar amalga oshirilayotgani aytib oʻtildi.

Oʻz navbatida mehmonlar samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Qabulda “Finlyandiya – Oʻrta Osiyo” parlamentlararo doʻstlik guruhi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlikning yoʻlga qoʻyilishi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etilib, tomonlar birgalikda ishlashga tayyor ekani bildirildi.

Gʻ. Otajonov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер