Filippin sohili yaqinida 350 kishi boʻlgan parom choʻkib ketdi: 10 nafardan ortiq odam halok boʻldi
Filippin sohili yaqinida bortida 350 kishi boʻlgan parom choʻkib ketdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.
M/V Trisha Kerstin 3 yuk-yoʻlovchi paromi port shahri Zamboangadadan Sulu provinsiyasida joylashgan janubiy Xolo oroliga yoʻl olgan boʻlgan.
Sohil qoʻriqlash xizmati vakillarining maʼlum qilishicha, kema ehtimol, texnik muammolarga duch kelib, natijada choʻkib ketgan.
Hozirga qadar kamida 15 nafar insonning jasadi topilgan, 43 kishi esa bedarak yoʻqolganlar qatorida qayd etilmoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring