Fidjida yangi virusli kasallik tarqalmoqda. Bemorlar soni allaqachon 200 nafardan oshgan
Illyustrativ foto
Fiji Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan hafta arxipelag orollarida kuchli yomgʻir yogʻishidan keyin Denge isitmasi* bilan kasallanganlar soni sezilarli darajada oshdi.
“Denga isitmasi bilan bogʻliq 213 ta holat qayd etildi”, deydi Fidji sogʻliqni saqlash vaziri Jeyms Fong.
Kasallikning belgilari koʻngil aynishi, isitma, toshma, bosh ogʻrigʻi va bel ogʻrigʻidir. Fidji yuqumli kasalliklar milliy qoʻmitasi hozirda kasallik bilan zararlangan odamlarga yordam koʻrsatmoqda.
Hukumat Denge isitmasi bilan bogʻliq vaziyatni xavotirli, deb hisoblamaydi. Biroq, shunga qaramay aniqlangan holatlar soni oʻtgan yildagidan koʻpligi aytilmoqda.
*Denge isitmasi (DEN-gee deb talaffuz qilinadi) — virusli kasallikdir. U asosan dunyoning tropik va subtropik hududlarida chivinlar orqali yuqadi. Denge isitmasi grippga oʻxshash jiddiy kasallikni keltirib chiqaradi. Gripp yoki bezgak kabi boshqa kasalliklar kabi koʻrinishi mumkin. Kasallik odatda 3 dan 7 kungacha davom etadi. Uning ogʻir holatlari dang gemorragik isitmasi (DHF) yoki dang shok sindromiga (DSS) olib keladi. Ushbu asoratlar, ayniqsa, yosh bolalar va oʻspirinlar uchun xavflidir. Robert Kox institutining maʼlumotlariga koʻra DHF va DSS oʻlim darajasi 6 dan 30 foizgachani tashkil etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring