“Ferrari” oʻz muxlislariga raqamli chempionatlarda ishtirok etish imkoniyatini taqdim etmoqchi
Arxiv surat
“Ferrari” kompaniyasi Shveysariyaning “Velas Network” texnologiya firmasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Bu hamkorlik orqali kompaniya oʻz muxlislariga raqamli kontent yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda sport avtomobillari ishlab chiqaruvchi kompaniya vakili “Reuters”ga maʼlumot berdi.
Xabarga koʻra, kelgusi mavsumdan boshlab raqamli mahsulotlar va xizmatlar provayderi boʻlgan “Velas” “Ferrari” kompaniyasining “Formula 1” poyga jamoasidagi asosiy hamkoriga aylanadi. Ana shu davrdan boshlab muxlislar uchun raqamli chempionatlarda ishtirok etish imkoniyati taqdim etiladi.
Bundan tashqari, “Velas” “Ferrari Esports” seriyasining, “Prancing Horse” onlayn mono-brend ceriyasi va “Formula-1”da qatnashadigan “Esports” jamoasining bosh homiysi boʻladi. Bunday rasmiy raqamli chempionatlarda esa kompaniyaning barcha muxlislari masofadan turib ishtirok eta oladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring