“Fenerbaxche” Turkiya Superkubogini qoʻlga kiritdi
Kecha, 10-yanvar kuni Istanbul shahridagi “Otaturk Olimpiya” stadionida Turkiya Superkubogi uchun oʻyin tashkil etildi. Unda mamlakatning amaldagi chempioni “Galatasaroy” klubi “Fenerbaxche” bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv “Fenerbaxche” klubining 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga Jeyden Oostervolde va Matteo Genduzi mualliflik qildi.
Shu tariqa, “Fenerbaxche” jamoasi oʻz tarixida 10-marta Turkiya Superkubogini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, jamoa 5 ta oʻyindan keyin yana oʻzining azaliy raqibi “Galatasaroy”ni magʻlub etishni uddaladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring