Feyk veb-saytlar orqali yiliga 200 million yevro ishlab topayotgan firibgarlar qoʻlga olindi
Ukraina kiberpolitsiyasi va Yevropol bilan hamkorlikda xalqaro firibgarlik tarmogʻining besh aʼzosini hibsga oldi, ularning daromadi yiliga 200 million yevro miqdorida baholanmoqda deb xabar beradi "Bleeping Computer" veb-sayt nashrida.
Nashrda aytilishicha, jinoyatchilar kripto-aktivlar, aksiya, qimmatli qogʻozlar va shunga oʻxshash investitsiya jalb qiluvchi feyk veb-saytlarning keng tarmogʻini yaratgan hamda «Sall center«larida 2000 nafardan ortiq ishchi-xizmatchilar yollab doimiy ravishda qurbonlarni sonini koʻpaytirib borgan.
Ukraina hududida 3 ta «Sall center" ishchi-xizmatchilari va guruhning asosiy besh nafar aʼzosi qoʻlga olingan hamda taftish jarayonida 500 dan ortiq kompyuter va mobil qurilmalar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring