Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasi maʼlumotlarini tahlil qilish va ishlov berish holati
Foto: Arxiv surat
Hozirgi axborot texnologiyalari davrida yurtimizning barcha sohalarni isloh qilish zaminida, ochiq hamda ishonchli raqamlashtirilgan tizim yaratish asosiy vazifalardan biri boʻlib qolmoqda. Respublikamizda barcha turdagi davlat xizmatlarini raqamlashtirish ishlari jadal surʼatlarda xususan, Kadastr agentligida ham sohani raqamlashtirish yoʻnalishida zamonaviy geoaxborot tizimlaridan foydalanish takomillashib bormoqda.
Buning bir misoli sifatida 2021-yilda Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlari orasida Fazoviy maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunni birinchilar qatorida qabul qilinishini koʻrishimiz mumkin.
Mazkur qonun nafaqat xalq va jamiyatga balki davlat idoralari korxona va tashkilotlarni ochiq va ishonchi kadastr maʼlumotlari bilan taʼminlash, respublikamiz yer hisobini tezkor monitoring qilish va yangi rejalarni ishlab chiqish, tezkor kadastr maʼlumotlaridan doimiy foydalanishda katta qulayliklar yaratildi.
Shu bilan bir qatorda, davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish hamda Fazoviy maʼlumotlarni bir xil standartga keltirishda tartib-taomillarini mukammallashtirgan holda barcha yer turlarining bir tizimda mujassam boʻlishi, davlat yoki tadbirkorlik investitsion loyihalarni rejalashtirishda ham qator imkoniyatlar yaratadi.
Fazoviy maʼlumotlar geofazoviy obyektlar toʻgʻrisidagi, ularning joylashgan joyi, shakli, zamon va vaqt jarayonidagi oʻzgarishlari, hamda fazoviy-vaqt koordinatalari tizimga asosan shakllangan yer yuzasidagi hodisalarning tavsifi.
Fazoviy maʼlumotlar toʻgʻrisida qonunni roʻyobga chiqarish maqsadida Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasi boshqarmasi dastlab, Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi tashkiliy tuzilmasida faoliyati yuritilgan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-sonli qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida, Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasi(FMMI)ni rivojlantirish boshqarmasi sifatida tashkil etildi.
FMMI rivojlantirish boshqarmasi fazoviy maʼlumotlar sohasidagi yagona davlat siyosatini yaratish va yuritish ishlarni rejalashtirish, fazoviy maʼlumotlarni davlat siyosati va qonunlarga muvofiq shakllantirish ishlarini yurituvchi asosiy boshqarma hisoblanadi.
FMMI rivojlantirish boshqarmasining asosiy boʻlimlaridan biri Fazoviy maʼlumotlar infratuzilmasi maʼlumotlariga ishlov berish boʻlimi hisoblanib, boshqarmaning ajralmas funksiyalaridan biri Davlat kadastrlari maʼlumotlarini tahlil qilish va davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasiga kiritilishini muvofiqlashtirishdan iborat.
Bugungi kunda, davlat kadastrlarini yurituvchi 17 ta vazirlik idoralar tomonidan kadastr maʼlumotlarini doimiy vaqt rejimida taqdim etish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib 20 ta davlat kadastrlariga oid maʼlumotlar boshqarmaning Maʼlumotlarga ishlov berish boʻlimi tomonidan doimiy tahlil qilib borilmoqda.
Davlat kadastrlari yagona tizimi umumiy 96 % shakllantirilgan:
Madaniy meros obyektlari davlat kadastri 98%
Energetika obyektlari davlat kadastri 99%
Transport quvurlari davlat kadastri 100%
Avtomobil yoʻllari davlat kadastri 22%
Temir yoʻllari davlat kadastri 64%
Binolar va inshootlar davlat kadastri 94%
Davlat yer kadastri 97%
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri 100%
Hayvonot dunyosi obyektlari davlat kadastri 100%
Oʻsimlik dunyosi obyektlari davlat kadastri 100%
Chiqindilarni koʻmish va utillashtirish joylari davlat kadastri 96%
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri 100%
Texnogen xavf yuqori boʻlgan tegralari davlat kadastri 100%
Tabiiy xavfi yuqori boʻlgan tegralari davlat kadastri 100%
Davlat shaharsozlik kadastri 86%
Foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen mineral hosilalari davlat kadastri 100%
Aloqa obyektlari davlat kadastri 96%
Davlat oʻrmon kadastri 100%
Davlat suv kadastri 58%
Gidrotexnika inshootlari davlat kadastri 100%
Kadastr obyektlarining geoaxborot maʼlumotlar bazasi ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, vazifasi, geofazoviy shakliga, joylashuv vaqt koordinatasiga ega, maʼlum bir kadastr turiga mansub davlat tomonidan hisobga olingan obyektlar maʼlumotlar bazasi.
Davlat kadastrlarini yurituvchi vazirlik va idoralar tomonidan 2020-yilda 13 273 917 ta obyekt kiritilgan boʻlsa, ushbu koʻrsatgich 2023-yilda 14 615,078 ta obyektni tashkil qiladi.
Davlat kadastrlari yagona tizimini shakllantirilganlik foiz hisobida 2018-yil yilda 72,3% ni tashkil qilgan boʻlsa 2023-yilda 96%ni oʻsish koʻrsatgichi qariyb 24 % ni tashkil qilmoqda.
Bugungi kunda tezkor oʻzgarishlar va monitoring ishlari natijasida respublikamiz yer fondini qamrab olgan holda jami 44,9 mln. gektar yerdan 41,7 mln. gektar yer hisobga olinib yangi xatlov qilish ishlari yakuniga yetib bormoqda.
Xusniddin Babajanov,
Fazoviy maʼlumotlarga ishlov berish boʻlimi bosh mutaxassisi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring