Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni kuchaytirishga qaratilgan hamkorlik

15:39 06 Aprel 2026 Siyosat
184 0

Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi oʻrtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Taʼkidlanganidek, mazkur hujjat ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan boʻlib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etish sohasida parlament nazoratini ilmiy-uslubiy jihatdan taʼminlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, Memorandum qonun ijodkorligi sifatini oshirish, sohadagi islohotlarni samarali amalga oshirish va parlament faoliyatini ilmiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Hamkorlik doirasida favqulodda vaziyatlarni prognozlash va xavf-xatarlarni kompleks baholash, aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va xavfsizlik madaniyatini shakllantirish, yongʻinlar, suv toshqinlari, sel va yer koʻchishi kabi xavflar boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi ustuvor yoʻnalishlar belgilandi.

Tomonlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlar sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazishda hamkorlik qiladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?