Farovonlik koʻzgusi

12:00 22 Dekabr 2020 Jamiyat
1262 0

Xonadoningizda elektr chirogʻi oʻchsa,  tashvish ortadi.  Shu holat  korxona, tashkilotda sodir boʻlsa, ish toʻxtaydi, mehnat samaradorligi ortga ketadi. Mamlakat taraqqiyotida ham, xalqimiz farovonligida ham sharafli kasb egalari energetiklarning katta hissasi aynan shu omil bilan baholanadi, yaʼni uzluksiz elektr energiyasi taʼminoti.

Xalq xoʻjaligi tarmoqlarini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlashga harakat qilayotgan jamoamiz -  “Navoiy hududiy elektr tarmoq korxonasi” aksiyadorlik jamiyati aʼzolari oʻtayotgan 2020-yilda qator yutuqlarga erishib, oʻzlarining kasb bayramini munosib mehnat sovgʻalari bilan kutib olmoqdalar. Viloyatda jami elektr energiyasi isteʼmolchilari soni 180 141 ta, shundan aholi isteʼmolchilari 167 428 ta va ulgurji isteʼmolchilar 12 713 tani tashkil etib toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlangan.

Hozirgi vaqtda korxonamiz  ming kishilik jamoasi bilan jami 12 600 km elektr uzatish tarmoqlariga, 89 dona podstansiyasi, 3433 dona transformator punktlarigi xizmat koʻrsatamiz va ular orqali viloyatdagi mavjud aholi isteʼmolchilari, tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soxa obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlab kelmoqdamiz.    

 “Navoiy hududiy elektr tarmoq korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan vohamizdagi mavjud yuqori va past kuchlanishli tarmoq hamda transformator punktlarini modernizatsiya qilish va yangilash boʻyicha amaliy ishlar jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Misol uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi “2017-2021-yillarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarni modernizatsiya qilish va yangilar toʻgʻrisida»gi PQ-2661 sonli qaroriga asosan 2017-2019-yillar davomida 1286,0 km elektr uzatish tarmoqlari va 201 dona transformator punktlarida modernizatsiya, rekonstruksiya va yangidan qurish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, 2020-yil 10 oyi davomida 575 km elektr uzatish tarmoqlari va 100 dona transformator punktlarida modernizatsiya, rekonstruksiya va yangidan qurish ishlari amalga oshirildi. Ushbu ishlar uchun 69,3 mlrd.soʻm mablagʻ sarflandi. 25-dekabrga qadar 2020-yil uchun belgilangan reja koʻrsatgichlar toʻliq yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.

“Obod qishloq”, «Obod mahalla» va “Obod markaz” davlat dasturlari doirasida energetiklarimiz tomonidan jami 209,0 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 55 ta transformator punktlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, 171,0 km elektr uzatish tarmoqlari va 108 ta transformator punktlarida mukammal taʼmirlash ishlari bajariladi. Rejalashtirilgan qurilish montaj ishlari toʻliq bajarilib, 10,5 mlrd.soʻm mablagʻ sarflandi. Buning natijasida Navbahor,  Karmana,  Nurota,  Tomdi , Xatirchi,  Qiziltepa,  Uchquduq va Konimex tumanlarining oʻnlab olis qishloq va  ovullaridagi 12000 ga yaqin aholi va ijtimoiy soha obyektlari ishonchli va mustahkam elektr energiyasi bilan taʼminlandi.

Ayni paytda jamoamiz aʼzolari oldida 2020-2021-yilgi kuz qish mavsumida ijtimoiy soha obyektlari, aholi isteʼmolchilari va ishlab chiqarish korxonalarini kafolatli elektr energiyasi bilan taʼminlashdek masʼuliyatli vazifa turibdi. Ilgaridan belgilab olingan aniq chora tadbirlar asosida ish yuritayotganligimiz mavsumni koʻngildagidek oʻtkazish imkoniyatini yaratayapti. Bunda  joriy yil 3665 km elektr uzatish tarmoqlari, 55 dona podstansiyalar hamda 946ta transformator punktlarini mukammal va joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilganligi qoʻl keldi. Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi tarmoqlardagi yoʻqotishlarni kamaytirish bilan bir qatorda elektr xoʻjaliklarini 2020-2021-yillar kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirishga, elektr energiyasini hisobga olish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Erishilayotgan natijalar oʻz-oʻzidan qoʻlga kiritilmayapti, albatta. Buning zamirida jamoamiz aʼzolarining sharafli mehnati yotibdi. 2020-yilning “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” munosabati bilan korxonamiz tomonidan  “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi” (ASKUE)ni 2019-2020-yillar davomida joriy etish yuzasidan tasdiqlangan rejaga asosan 261106 dona elektron hisoblagichlarni oʻrnatish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 160 mingdan ziyod hisoblagichlar toʻliq almashtirilib boʻlindi. Qolgan isteʼmolchilarni 2021-yil yanvar oyining yakuniga qadar almashtirilishi rejalashtirilgan. 

Tahlillarga koʻra, har bir isteʼmolchiga oʻrnatilayotgan zamonaviy hisoblagich uchun jamiyat mablagʻlari hisobidan oʻrtacha 700 ming.soʻm sarflanishi talab etiladi va bu har bir isteʼmolchining shuncha mablagʻ iqtisod qilib qolishiga olib keladi.

  Sadir HOJIYEV,

 “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”

aksiyadorlik jamiyati Bosh direktori

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер