Farhod Saidov hamda Sitora Farmonova saviyasi past qoshig‘i uchun “O‘zbekkonsert” tomonidan tanqid qilindi

10:55 24 Aprel 2018 Madaniyat
5869 0

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshida qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muasassasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Saviyasiz, qo‘shiq matnida ma’no-mazmun bo‘lmagan, videokliplari milliylikka zid bo‘lgan qo‘shiqlarni nazoratga olish maqsadida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshida qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashi o‘z ish faoliyatini olib bormoqda.

20-aprel kuni Badiiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda beshta xonandaning qo‘shiqlariga tasvirga olgan videokliplari ko‘rib chiqildi. Ulardan Elmurod Sobirjonov “Sevdim”, Bexruz Toxirov “Keling dema”, Sardor Bekmurodov “Bolaga kitob bering” deb nomlangan xonandalar qo‘shiqlarga tasvirga olingan videokliplarni OAV orqali efirga uzatishga tavsiya berildi.

Farhod Saidovning “Jimir-jimir” hamda Sitora Farmonovaning “Chamanda gul” deb nomlangan qo‘shiqlarining matni saviyasi past bo‘lganligi bois, kengash a’zolari tomonidan qattiq tanqid ostiga olinib rad etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер