Farhod GESi O’zbekistonga nima beradi?

16:06 25 Aprel 2018 Iqtisodiyot
3848 0
Foto: wikipedia.org


Tojikiston parlamenti quyi palatasi spikeri Shukurjon Zuhurov Tojikiston va O’zbekiston o’rtasida Farhod GESi muammosi hal etilganiga muhim strategik qadam deya baho berdi. 

Bu haqda “Aziya-Plyus” axborot manbasi xabar berdi. U bugun parlament deputatlari oldida chiqish qilar ekan, Farhod GESi to’g’oni faoliyat yuritishini ta’minlashga oid hamkorlik qilish bo’yicha imzolangan Bitim rasmiy Dushanbe va Toshkent o’rtasida uzoq yillardan beri bu borada mavjud bo’lgan og’riqli muammoga nuqta quyganini ta’kidlab o’tdi. 

“Bugun mazkur ob’ekt Tojikiston va O’zbekiston uchun muhim strategik inshoot hisoblanadi. Farhod GESi Tojikiston shimolidagi 45 ming gektardan ortiq va O’zbekistondagi 330 ming gektardan ziyod yerlarni sug’orib beradi ”, — dedi SH. Zuhurov.

Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri birinchi o’rinbosari Sulton Rahimzodaning aytishicha, Farhod GESiga xizmat ko’rsatish hamda uni moliyalashtirish O’zbekiston tomonidan amalga oshirilsa, uni qo’riqlash Tojikiston zimmasidadir. 

Eslatib o’tamiz, ushbu ob’ekt bo’yicha bitim ikki davlat rahbarlari o’rtasida joriy yil 9 mart kuni 49 yillik muddatga imzolangan.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер