Fargʻonalik nuroniylar sogʻlom turmush tarzini targʻib etishmoqda

11:07 26 Noyabr 2024 Jamiyat
267 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyatida bir necha yillardan buyon nuroniylar velosipedda mamlakatimiz boʻylab sayohatga chiqib, sogʻlom turmush tarzini targʻib etib kelmoqdalar.

Dastlab Qoʻshtepa tumanida 10 nafar faxriy va havaskor sportchilar ishtirokida faoliyat boshlagan ushbu guruh aʼzolari soni bugungi kunda 50 nafarga yaqinni tashkil etadi. Hozirgi kunda yoʻllarda boshqa transport vositalari harakatiga xalaqit bermaslik maqsadida guruh aʼzolari uchga boʻlingan.

Fargʻona viloyati hokimligi, viloyat sport boshqarmasi koʻmagida velosportchi otaxonlar birgina joriy yilning oʻzida Fargʻona vodiysi, mamlakatimiz viloyatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasigacha sayohatga chiqishdi. Viloyatlarda ular ishtirokida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilib, sportning ommaviyligini oshirish, aholi oʻrtasida sogʻlom hayotni targʻib etish boʻyicha quvonarli yutuqlarga erishilmoqda.

— Shu yilning dekabr oyi boshida purviqor togʻlar bagʻrida joylashgan Shohimardon qishlogʻiga velosayohat uyushtirishni rejalashtirganmiz, — deydi guruh rahbari, 77 yoshli Karimjon ota Hakimov. — 2025-yilning bahorida esa velosipedda yurtimizning eng olis hududi boʻlgan Surxondaryo viloyatiga borish, agar tashkiliy masalalar hal etilsa, qoʻshni Afgʻonistonga oʻtish koʻzda tutilgan.

Aytish joiz, guruhning eng faxriy aʼzosi 82 yoshda boʻlsa, aksariyat velosportchilar 72-75 yoshda. Har dushanba kuni barcha aʼzolar Margʻilon shahridagi sport maktabida yigʻilib, sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarini olib borishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер