Fargʻonalik Abdullajon muddatidan avval 36 ta xalqaro universitetda oʻqish huquqini qoʻlga kiritdi
Fargʻona viloyatining Furqat tumanidagi iqtidorli yoshlardan biri — Abdullajon Rasulov muddatidan avval dunyoning eng nufuzli 36 ta oliy taʼlim muassasalari talabasi boʻlish baxtiga erishdi.
Tumanning “Tomosha” MFYda tugʻilib oʻsgan Abdullajon Rasulov boshlangʻich taʼlimni qadrdon qishlogʻidagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabida olgan. Keyin Qoʻqon shahridagi 5-viloyat ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida, soʻng Toshkent shahridagi “International House Tashkent” akademik litseyida oʻqishni davom ettirdi.

Yaqinda Abdullajon muddatidan avval bir yoʻla 36 ta xalqaro universitetda oʻqish huquqini qoʻlga kiritib, ularning orasidan AQSHdagi Arizona universitetini tanladi. Bu universitet jahon OTMlari reytingida kuchli yuztalikka kiradi.
Eʼtiborlisi, Abdullajon eng yuqori ball toʻplab bir nechta xalqaro universitetlar granti sohibiga aylanish bilan bir qatorda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendianti ham boʻldi. Shu bois jamgʻarma tomonidan uning oʻqishga oid barcha xarajatlari qoplab beriladi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring