Fargʻonadagi bogʻchada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona shahridagi maktabgacha taʼlim muassasasida bolani yuqori kuchlanishli tok urgani haqida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holat nazoratga olinganini maʼlum qildi.
Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-fevral kuni Fargʻona shahrida joylashgan maktabgacha taʼlim muassasasining 6 yashar tarbiyalanuvchisi R.A. bilan sodir boʻlgan. Bolakay muassasa hududidagi transformatorlar oʻrnatilgan maxsus yertoʻlaning ustki darchasidan yiqilib, tok urushi natijasida tan jarohati olgan hamda shifoxonaga olib kelingan.
Hozirda voyaga yetmagan R.A.ning olgan tan jarohati yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat boʻyicha Fargʻona shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Bolalar ombudsmani bola manfaatlarini taʼminlash nuqtayi nazaridan oʻz kuzatuvini davom ettiradi”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring