Fargʻonadagi ayanchli YTHda ikki kishi halok boʻldi

17:44 04 Aprel 2025 Jamiyat
318 0

Videodan kadr

Fargʻona viloyatida ikki nafar fuqaroning oʻlimi bilan bogʻliq avtohalokat yuz berdi. Bu haqda viloyat YHXX axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyatning Furqat tumanida “Damas” haydovchisi harakat vaqtida oraliq masofani saqlay olmay, oʻzidan oldinda ketayotgan yuk mashinasi bilan toʻqnashgan. Oqibatda yengil avtomobilga jiddiy texnik zarar yetgan. Mashina haydovchisi va yoʻlovchilari tuman tez tibbiy yordam boʻlimiga yuborilgan.

Shifokorning soʻzlariga koʻra, muassasaga 2 nafar vafot etgan shaxs hamda bir bemor olib kelingan. Bemor oʻz holiga kelganidan soʻng, Qoʻqonga reanimatsiya boʻlimiga oʻtkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер