Fargʻonada yongʻin natijasida uy egasi halok boʻldi

15:35 06 Noyabr 2018 Jamiyat
1329 0

2018 yil 5 noyabr kuni Fargʻona viloyatining Dangʻara tumanida yashagan A.D.ning uyida yongʻin sodir boʻlgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Koʻrilgan choralar natijasida yongʻin oʻchirilgan. Yongʻin natijasida uyning 2 kv.m. maydonda pol qismi hamda uy egasining kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yongʻin kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер