Fargʻonada Yangi yil savdo yarmakalari

20:00 16 Dekabr 2021 Jamiyat
1181 0

Foto: "Xalq so'zi"

Yangi yil bayrami yaqinlashayotgani munosabati bilan Fargʻona viloyati shahar va tumanlarida 20 ta arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.

Shu tariqa Yangi yil savdo yarmarkalarida 20 turdan ortiq kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari, bayram sovgʻalari aholiga maqbul narxlarda yetkazib berilmoqda. Savdo rastalari har kuni yangi va sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, salqin ichimliklar, goʻsht, guruch, umuman olganda, bayram dasturxoni uchun eng kerakli noz-neʼmatlar bilan toʻldirilmoqda.

— Bu yil viloyatdagi 5832 ta bogʻdorchilik-sabzavotchilik va uzumchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari tomonidan 1 mln. 818 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirilgani bozorlarimizda moʻl-koʻlchilik, arzonchilik boʻlishini taʼminlayapti, — deydi Fargʻona viloyati hokimligi qishloq xoʻjaligi boʻlimi kotibiyati mudiri Gʻulomjon Boypoʻlatov. — Shuningdek, poytaxtdagi “Navroʻz” dehqon bozorida Fargʻona viloyati mirishkorlari tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati ham yoʻlga qoʻyildi. Hozirgi kunga qadar fargʻonalik fermer va dehqon xoʻjaliklari tomonidan “Navroʻz” dehqon bozoriga 40 tonna har xil turdagi meva mahsulotlari, 22 tonna uzum, 84 tonna kartoshka, 162 tonna sabzavot arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib berildi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.  

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер