Fargʻonada tilla taqinchoq va pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi

13:10 07 Yanvar 2023 Jamiyat
611 0

Foto: Illustrativ surat

Fargʻonada shahrida X.Z ismli ayolning xonadonidan tilla taqinchoq va pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha Fargʻona shahar Oqariq mahalla hududida yashovchi X.Z ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 20-sentyabr kuni nomaʼlum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib shkafidan va seyfdan 150.000.000 soʻmlik tilla-taqinchoqlar va 10.000 AQSH dollari pullarini yashirin ravishda, oʻgʻirlab hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.Sh sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер