Fargʻonada “Sharaf lenta”lari tarqatilmoqda

10:26 04 May 2021 Jamiyat
655 0

9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyat Kengashi faollari tomonidan “Xotira bor ekan –millat barhayot” shiori ostida “Sharaf lentasi” tarqatilyapti.

— “Sharaf lentasi”ni koʻksimga taqar ekanman, tinchlik, bugungi farovon kunlar uchun kurashgan ajdodlarimizdan yana bir bor faxrlanish tuygʻusini his qildim, — deydi faol yoshlardan biri Abdulaziz Abduhamidov.

Ayni kunlarda viloyatning 19 ta shahar-tumanlarida savdo majmualari, korxona-tashkilotlar, taʼlim muassasalari, mahallalar va boshqa aholi gavjum maskanlarda hamyurtlarimizga “Sharaf lenta”lari taqdim etilmoqda.

Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер